Ma’lum qilinishicha, yangi cheklovga ko‘ra, ayollarga kamera qarshisida pissa yoki sendvich yeyish, qizil rangdagi ichimliklar ichish, shuningdek, charm qo‘lqop kiyish taqiqlangan. Shuningdek, odamlarni uy sharoitida tasvirga olish hamda erkakning ayolga choy quygani tasvirlangan sahnalarni ko‘rsatish ham man qilingan.Bu haqda «IranWire» xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi taqiqni Eron teleradioeshittirish korporasiyasining PR-direktori, shuningdek, televideniyada axloqsizlik me’yorlarini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi Amir Husayn Shamshodiy e’lon qilgan.
Ta’kidlanishicha, bu kabi taqiqlarning joriy etilishiga internetda namoyish etilgan lavhalardan biri sabab bo‘lgan. Mashhur «Pishgoo» tok-shousiga taklif qilingan aktrisaning yuzi senzurachilar tomonidan yopib qo‘yilgani uchun videodan faqat ayolning ovozi eshitilgan. O‘z navbatida, bu foydalanuvchilarning tanqidiga sabab bo‘lgan.