Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Emomali Rahmon Putin bilan suhbatda "Krokus voqeasi” haqida so‘z ochdi

Emomali Rahmon Putin bilan suhbatda "Krokus voqeasi” haqida so‘z ochdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishini tasdiqladi. Emomali Rahmon "Krokus Siti Xoll"dagi qo‘poruvchilik harakati mavzusiga to‘xtalib, unda Tojikistondan bir necha kishi ayblanayotganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda Azon Global nashri xabar berdi.

Uning aytishicha, bu fojia Tojikiston imidjiga jiddiy zarba berdi. Respublika maxsus xizmatlari terrorizmga qarshi kurashda rossiyalik hamkasblari bilan yaqin hamkorlikda ishlashda davom etadi.

“Terrorning vatani, millati va dini yo‘q. Biz bunga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak”, dedi siyosatchi.

Bundan tashqari, Emomali Rahmon o‘z mamlakati uchun Rossiyadagi mehnat muhojirlari bilan bog‘liq “nozik” masalani muhokama qilishni taklif qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Sovet Ittifoqi davrida ham Tojikiston komsomol qurilish maydonchalari va qurilish batalyonlari uchun o‘ziga xos ishchi yetkazib beruvchi bo‘lgan.

Vladimir Putin, o‘z navbatida, Krokusdagi teraktdan keyin hamkasbiga hamdardlik bildirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi darajasidan mamnunligini bildirib, Rossiya Tojikistonning asosiy hamkori ekanini eslatdi.

Kiritildi: 15:39 10.05.2024. O'qildi: 2356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!