Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Emomali Rahmon : «Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy tasir ko‘rsatdi»

Emomali Rahmon : «Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy tasir ko‘rsatdi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada uchrashuv o‘tkazdi. Ular Crocus'dagi terakt haqida suhbatlashdi.

Emomali Rahmon Tojikiston 30 yildan ortiq vaqtdan beri terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashib kelayotganini va bu muammo bilan bevosita tanish ekanini ta’kidlagan.

«Tojiklar qadimiy tarixga, madaniyatga, sivilizasiyaga ega xalqdir, bu biz uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Bo‘lib o‘tgan voqea xalqimizning imiji, tarixi, madaniyati va urf-odatlariga jiddiy zarba berdi. Bu borada siz bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Emomoli Rahmon.

Shuningdek, Emomali Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:01 09.05.2024. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!