Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Emomali Rahmon bir qator o‘zbekistonliklarni mukofotladi

A A A
Emomali Rahmon bir qator o‘zbekistonliklarni mukofotladi

Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikistonning yuksak davlat ordeni bilan mukofotlandi.

Bugun, Tojikiston Respublikasining mustaqillik kuni munosabati bilan Prezident Emomali Rahmon tomonidan o‘zbekistonlik ilm ahli, ta’lim va madaniyat xodimlari, davlat arboblari mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan 2018 yilning 28 avgust kuni imzolangan farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2-darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev 1-darajali “Sharaf” ordeni bilan, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Zokirjon Almatov, Samarqand viloyati Tojik milliy madaniy markazi rahbari Abduvahob Vohidov, Suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov, “Ovozi Tojik” gazetasi bo‘lim boshlig‘i To‘xtamish To‘xtayev, Buxoro davlat universiteti professori Tavakkal Choriyev “Do‘sti” Ordeni bilan mukofotlanishdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti rasmiy-veb saytining xabar berishicha, hofiz Sherali Jo‘rayev hamda “Ustoz-Shogird maktabi” xodimasi Mavluda Xalilova “Tojikiston xalq artisti” mukofotiga loyiq deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasidagi qator davlat va jamoat arboblari, madaniyat, ilm-fan vakillarini taqdirlash bo‘yicha farmonni imzolagan edi.

Manba: uznews.uz

Kiritildi: 17:09 30.08.2018. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik