"Ikki yil avval dunyo Aleksey Navalniyning vafoti haqida xabar topdi. Men uning xotirasini hurmat qilaman. O‘shanda men uning o‘limi Kremlning zaifligi va har qanday muxolif siyosatchidan qo‘rqishining yaqqol dalili ekaniga ishonchim komil ekanini aytgandim. Bugun esa bu o‘lim ataylab sodir etilgani ayon bo‘ldi. Adolat qaror topishini kutar ekanmiz, haqiqat oxir-oqibat tantana qiladi", — degan Fransiya prezidenti.
Avvalroq Buyuk Britaniya, Shvesiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning biomaterial namunalari tahliliga asoslanib, u Janubiy Amerika qurbaqasi terisidan olinadigan o‘ta zaharli modda — epibatidin bilan zaharlanganini ma’lum qilgandi