Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Hukumat qarori (168-son, 18.03.2025 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

⚡️ Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

🔹elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi;

🔹ayrim sohalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

📝 Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizasiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

🚫 Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:

▪️tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qo‘lda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;

▪️yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizasiya qilinganda.

Kiritildi: 13:23 19.03.2025. O'qildi: 1347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!