Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi

Elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi

Faktoringga keng yo‘l ochib berilgani natijasida shu yilning o‘zida 100 million dollarlik bunday xizmatlar ko‘rsatildi.

Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma ob’ektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion so‘m yo‘naltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Korxonalarni barqaror energiya bilan ta’minlash uchun elektr ishlab chiqarish 82 milliard kilovatt-soatga yetdi.

Bu yil ishga tushgan 6,3 milliard dollarlik 17 ta yirik “yashil” va yangi texnologiyaga asoslangan energiya quvvatlari hisobiga kelgusi yilda qariyb 90 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.

Bu ishlar davom ettirilib, 2025 yilda yana 6,4 milliard dollarlik 25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.

Endi energiya sohasida ham raqobatli bozorga o‘tish vaqti kelgani qayd etildi. Hozirgi kunda yurtimizda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetdi. Ilk bor 2025 yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi.

Kiritildi: 13:12 20.12.2024. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!