Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “O.A.” fermer xo‘jaligi rahbari O.X. “Yangi ariq” kanalidan suv olish uchun o‘rnatilgan suv nasosining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 345,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida xo‘jalikka qarashli yer maydonida elektr suv nasoslarini tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 156,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. tijorat maqsadida “Yakkatol” MFY hududidagi 2 gektar yer maydonida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 130 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:44 04.11.2024. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!