"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Denov elektr ta’minot korxonasi tomonidan normativ hujjatlar bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan texnik holat va tizimning elementlaridan sertifikatlashtirilmagan holda foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7-avgustdagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunining 47-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 103 mln so‘m iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanish - sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalari, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlari yordamida sarflangan yoki uzatilgan energiya qiymatining 10 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.