«Roma» Ivan Yurichni bosh murabbiy lavozimidan bo‘shatdi.
Xorvatiyalik 49 yoshli mutaxassis 18 sentyabr kuni Daniele de Rossining o‘rniga tayinlangandi. Uning qo‘l ostida jamoa bor yo‘g‘i 12 o‘yin o‘tkazib, 4 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 3 durang qayd etdi.
«Biz Ivan Yurichga so‘nggi bir necha haftadagi mashaqqatli mehnati uchun rahmat aytamiz. U qiyin vaziyatni o‘ta professionallik bilan hal qildi va buning uchun undan minnatdormiz. Kelajakda unga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz.
Yangi bosh murabbiy izlash allaqachon boshlangan, uning nomi yaqin kunlarda e’lon qilinadi», — deyiladi «Roma» xabarida.
Oldinroq «bo‘rilar» rahbariyati Roberto Manchinini murabbiylikka taklif qilmoqchi ekanligi va Klaudio Raniyeri muqobil variantlardan biri sifatida ko‘rilayotgani haqida xabar berilgandi.