Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

«Eldido» guruhi parchalanib ketgani rostmi?

A A A
«Eldido» guruhi parchalanib ketgani rostmi?

Xonanda, aktyor, teleboshlovchi Dilniyoz G‘afforov "YouTube"dagi «Yashin Tv» loyihasiga bergan intervyusida «Eldido» guruhining nima sababdan parchalanib ketganini aytdi.

Xonanda bu juda ham og‘ir nuqta ekani, biroq shu hodisa qachondir sodir bo‘lishini bilganini ta’kidladi. Karantin paytida jamoa a’zosi Eldor Xushvaqtovning oilasida ko‘p yo‘qotish bo‘lgan. Shu sababli ular ijodni to‘xtatishga qaror qilgan. Oradan vaqt o‘tgach, Dilniyoz G‘afforov hamda Doston Hakimov maslahat qilib ijodni davom ettirishga kelishib olgan.

«Bu juda ham og‘ir nuqta. Qachondir sodir bo‘lishini hammamiz bilardik. Bizda 3 xil dunyoqarash, 3 xil yosh. Karantin paytida Eldor akam juda depressiyaga tushib qoldi. Shundan keyin ‘Men ijodni yig‘ishtiraman’, deb orada ijodni ham to‘xtatdi. 3 oy chiqmadi. Xizmatlar, tadbirlar olib qo‘yilgandi. Biz ikki kishi chiqdik. Bir odamning ovozini olib tashlab, qaytadan yozish butun ijodni qaytadan boshlash degani.

U kishining qarorini hurmat qilamiz. Hozir ham bordi-keldimiz zo‘r. Fikr almashib turamiz. Eldor akaning xarakteri boshqacharoq. Uning oilasida ancha yo‘qotish bo‘ldi. Shuning uchun, ijod qilish ko‘ngliga sig‘mayapti. Boshida biz ham xafa bo‘ldik. O‘ylab qarasak, har bir insonning xohish-istagi bor. Eldor aka hozir dars beryapti. Avval guruhni tarqatib yubormoqchi edik. Keyin Doston ikkalamiz o‘ylab, davom ettirishga qaror qildik. Chunki 10 yillik ijodimiz bor», — deydi u.

Kiritildi: 16:30 21.02.2022. O'qildi: 4097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!