Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Elchilarga ustama to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Elchilarga ustama to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Jami 90 milliard dollar to‘qimachilik mahsulotlarini import qilayotgan AQSH, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vakolatxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu davlatlardagi elchilar va vakolatxonalar bilan birgalikda kamida 15 ta xorijiy sorsing kompaniya va xalqaro brendlarni O‘zbekistonga olib kelish, 100 ta- mahalliy korxona faoliyatiga “Better Work”, “BCI”, “Organic” kabi dastur va standartlarni joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Viloyatlar hokimlari elchilar bilan birga tekstil sohasidagi yirik 500 ta eksportchi korxonaning mahsulotlari namunalarini har bir elchixonada joylashtirishi muhimligi ta’kidlandi.

Umuman, elchilar loyiha topish, uni olib kelib ishga tushirishdan manfaat ko‘rishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun loyihani yakuniga yetkazgan elchilarga ustama to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: Bugun 17:56. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!