Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Elchi: Rossiya Britaniyaning bu qilmishini javobsiz qoldirmaydi

A A A
Elchi: Rossiya Britaniyaning bu qilmishini javobsiz qoldirmaydi

Rossiyaning Londondagi elchisi Andrey Kelin Rossiya Buyuk Britaniyaning xalqaro huquqni buzgan barcha holatlari, jumladan, Ukrainaga taqiqlangan qurollarni yetkazib berishni javobsiz qoldirmasligi haqida ogohlantirdi.

Bu haqda elchi “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kelin, London tomonidan tugatilgan uran snaryadlarini yetkazib berish ehtimolini izohlar ekan, Ukraina va uning aholisi uchun uzoq muddatli oqibatlar Britaniya rasmiylarini qiziqtirmasligini ta’kidladi.

Elchining eslatishicha, Rossiya tomoni London xalqaro huquq tamoyillarini buzayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

“Barcha jinoyatlar, jumladan, taqiqlangan qurollarni yetkazib berish qayd etilgan. Biz ularni javobsiz qoldirmaymiz”, - dedi u.

Kiritildi: 07:18 24.03.2023. O'qildi: 4015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!