Ekspert RIA Novosti bilan suhbatda, qaysi valyutalarga investisiya kiritishdan uzoq bo‘lish kerakligi haqida gapirdi.
"aSaxo Bank"ning valyuta bo‘yicha bosh strategi Jon Xardi fikricha, odamlar uzoqroq bo‘lishlari kerak bo‘lgan valyuta bu amerika dollari va yapon iyenasidir.
"Eng afzal pozisiya bu AQSh dollari va yapon iyenasidan uzoqlashish va rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalariga e’tibor qaratish", dedi Xardi. Shunday valyutalar orasida u rus rublini misol tariqasida keltirdi.
"Russ-Invest" IK bosh direktori Aleksandr Bichkov "rublning uzoq muddatli istiqbollariga ishonmaydigan va avvalgidek, valyutani ma’qul ko‘radigan odamlarga yoki faqat yevro, yoki dollar va yevroni teng proporsiyalarda xarid qilishni" maslahat berdi.
Umuman olganda, ekspertlar fikricha, global iqtisod 2021 yilda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, biroq, bank sohasida jahon miqyosida inqirozni kutish, ehtimol, kerak emas.