Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ekopartiya vakillari «Do‘stlik» bog‘i bo‘yicha hokimlikka deputatlik so‘rovi yuboradi

Ekopartiya vakillari «Do‘stlik» bog‘i bo‘yicha hokimlikka deputatlik so‘rovi yuboradi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi «Do‘stlik» (Bobur) madaniyat va istirohat bog‘ining qayta rekonstruksiya qilinishi va parkka attraksionlar joylashtirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat aholining e’tiroz va muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Bugun shahar markazlarida yashil bog‘larni barpo etish hayotiy zarurat va dunyo trendiga aylangan. Attraksionli ko‘ngilochar parklar esa asosan shaharlar tashqarisida joylashtiriladi.

Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z munosabatini bildirdi. Unda qayd etilishicha, qonunchiligimiz talabiga ko‘ra, shaharsozlik hujjatlari loyihalari belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi kerak. Shularni inobatga olgan holda mutasaddilar mazkur bog‘dagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim.

"O‘zbekiston Ekologik partiyasi har qanday qurilish va rekonstruksiya ishlari atrof-muhitga va daraxtlarga zarar yetkazmaslik, yashil hududlar kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik va jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim, deb hisoblaydi hamda fuqarolarning talablaridan kelib chiqqan holda mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so‘rovini yuboradi", deyiladi partiya munosabatida.

Kiritildi: 17:22 25.04.2024. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!