Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi joriy etilishi mumkin

Ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi joriy etilishi mumkin

Bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub korxonalarning ekologik ishlab chiqarishga o‘tishdagi harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida 2025 yil 1 avgustdan boshlab yangi tartib joriy etilishi mumkin.

Birinchi bosqichda – atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini o‘rnatgan korxonalarga:

  • tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensasiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;
  • tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensasiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish ko‘zda tutilmoqda.

Ikkinchi bosqichda – monitoring stansiyalarini o‘rnatgan korxona kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensasiya to‘lovlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish belgilanadi.

Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan beriladigan xulosa asosida taqdim etiladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Kiritildi: Bugun 02:42. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!