Bu haqda “Ozodlik radiosi” xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, ro‘yxatga taxminan 20 ta rus banki, jumladan “Russkiy standart”, “Avangard”, “Pochta Bank” va "Metallinvestbank" kiritilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hujjatda iqtisodchi va Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich, Rossiya Kurash Federasiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Stanislav Pozdnyakov va bokschi Fedor Chudinov nomlari ham tilga olingan.
Ro‘yxatda Ermitaj rahbari Piotrovskiy va reper Timati, Rossiya radiasiya, kimyo va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Aleksey Rtishev va uning o‘rinbosari Andrey Marchenko, “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasining direktori Timur Shagivaleev ham mavjud.
Sanksiyalar loyihasida “Kalashnikov” konserni konstruktori bosh direktori Vladimir Lepin va “Rostex”ning sho‘ba korxonalari, SIBER holding va “Texnodinamika” kompaniyasi boshqaruvchilari nomlari ham keltirilgan.
Reuters'ning aniqlik kiritishicha, Rossiya neftining "kulrang eksporti"ga xizmat ko‘rsatuvchi Gruziyaning Kulevi va Indoneziyaning Karimun portlari ham sanksiyalar ostida qolishi mumkin.