Epshteynning o‘limi haqidagi hujjat u vafot etishidan bir kun oldin tayyorlangan — Daily Mail.
AQSh Adliya vazirligi tomonidan oshkor etilgan hujjatlarda Jeffri Epshteynning o‘limi haqida bayonot aniqlandi. U 2019 yil 9 avgust sanasi bilan rasmiylashtirilgan bo‘lib, Epshteyn qamoqxonada rasman o‘lik holda topilgan sanadan oldin yozilgan.
"Ertalab Manhetten qamoqxona markazi Epshteynning kamerada hushsiz holda yotganini ma’lum qildi va qisqa vaqtdan keyin uning o‘limi tasdiqlandi", deb yozilgan Manhetten okrugi prokurori Jeffri Bermaning 2019 yil 9 avgustdagi bayonotida.
Jeffri Epshteyn 2019 yil 10 avgustda Nyu-Yorkdagi qamoqxona kamerasida vafot etgan. Rasmiy hujjatlarda uning o‘z joniga qasd qilgani keltirilgan.