Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

EIda Yevropa diplomatiyasi rahbarining keskin bayonotlaridan norozilik bildirilmoqda

EIda Yevropa diplomatiyasi rahbarining keskin bayonotlaridan norozilik bildirilmoqda

EIda Yevropa diplomatiyasi rahbarining keskin bayonotlaridan norozilik bildirilmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Evropa Ittifoqi rasmiylari tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakil Kaya Kallasning keskin bayonotlari va rahbarlik uslubidan norozi bo‘lishmoqda. Politico nashri manbalariga ko‘ra, urush ritorikasi Yevropada ko‘plab siyosatchilarni tashvishga solmoqda.

"Agar Kallas xonimni tinglasangiz, go‘yoki biz Rossiyaga qarshi urush olib borayotgandek tuyuladi. Bu esa Yevropaning rasmiy pozisiyasiga to‘g‘ri kelmaydi", — deb ta’kidlagan YEI rasmiylaridan biri.

Politico nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida Kallasning qattiqqo‘lligi va o‘zgacha rahbarlik uslubidan ham noroziliklar bor. U o‘z xodimlari va hamkasblari bilan muloqotda ayrim holatlarda bosim o‘tkazayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kaya Kallas avval Estoniya bosh vaziri bo‘lgan va Rossiyaga nisbatan qattiq pozisiyasi bilan tanilgan siyosatchilardan biri sanaladi. U Yevropa Ittifoqining tashqi siyosati va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori vakili lavozimiga 2024 yilda tayinlangan edi.

Kiritildi: 18:31 26.03.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!