Evropa Ittifoqi sammiti ishtirokchilari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishi 2015 yilgi migrasiya inqirozining takrorlanishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirishdi.
Bu haqda sammitning yakuniy hujjatida aytilgan.
Unda ta’kidlanishicha, hozirgi mojaro hali Yevropaga ommaviy migrasiya oqimiga olib kelmagan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi yuqori darajadagi hushyorlikni saqlab qolishi kerak.
Evropa Ittifoqi rahbarlari nazorasiz migrasiya oqimining oldini olish choralarini ko‘rish niyatini ta’kidladilar.
"2015 yilgi migrasiya inqirozi saboqlariga asoslanib, Yevropa Ittifoqi nazorasiz migrasiya oqimlarining oldini olish uchun o‘zining diplomatik, qonunchilik, operasion va moliyaviy vositalarini to‘liq safarbar qilishga tayyor", deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi qisqa vaqt ichida Yevropaga milliondan ortiq migrant kelgan vaziyatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekanligini bildirdi.