Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

EI Xitoyga qaramlikni kamaytirish uchun yangi moliyaviy mexanizm ustida ishlamoqda – Bloomberg

EI Xitoyga qaramlikni kamaytirish uchun yangi moliyaviy mexanizm ustida ishlamoqda – Bloomberg



Agentlikning yozishicha, Yevropa Ittifoqi Xitoyga bo‘lgan iqtisodiy qaramlikni kamaytirish va muhim ta’minot zanjirlarini diversifikasiya qilish maqsadida norasmiy ravishda "birdamlik vositasi" deb nomlangan yangi moliyaviy mexanizmni ishlab chiqmoqda.

Ushbu tashabbus Xitoy Xalq Respublikasi bilan savdo taqchilligi 360 milliard yevrodan oshib ketgan bir sharoitda logistikasini qayta tashkil etayotgan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Shuningdek, strategiya muqobil yetkazib beruvchilarni izlash, Xitoyga Yevropa tovarlari eksportini oshirish va Pekin tomonidan iqtisodiy bosim o‘tkazilgan taqdirda savdo cheklovlarini joriy etish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

Tomonlar oktyabr oyiga qadar muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishishni kutishmoqda.

Kiritildi: 17:15 12.07.2026. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!