Bu haqida Politico xabar berdi.
Endilikda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mavjud rezolyusiyalarni bloklay olmaydi. Biroq bu qanday amalga oshirilishi va qanchalik samarali bo‘lishiga aniqlik kiritilmadi.
"Vengriyaning e’tirozlari hisobga olinadi va tezda e’tiborsiz qoldiriladi", – deya bunga izoh berdi Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa xavfsizligi juda jiddiy masala bo‘lib, hamma narsaga 180 daraja boshqacha qaraydigan bir odam bilan muzokara olib borish mumkin emas.