Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

EI Ukrainada harbiy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 1 milliard yevro sarmoya kiritadi

EI Ukrainada harbiy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 1 milliard yevro sarmoya kiritadi

Evropa Ittifoqi Ukrainada harbiy ishlab chiqarishni rivojlantirishga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan ekspropriasiya qilingan 1,5 milliard yevrolik ikkinchi transhdan 1 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi.

Bu haqda Yevroparlamentning Strasburgdagi sessiyasida adliya bo‘yicha Yevropa komissari Didye Reynders ma’lum qildi.

"Evropa komissiyasi 1,5 milliard yevro miqdoridagi navbatdagi transhdan [Rossiya Federasiyasining muzlatilgan aktivlaridan olingan daromaddan] Ukraina harbiy sanoati uchun 1 milliard yevro ajratishni taklif qilmoqda”, — dedi Reynders.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi institutlari va davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun hozirgacha qariyb 124 milliard yevro, jumladan, harbiy yordamga 45,5 milliard yevro sarflaganini ta’kidladi. 6 milliard yevrodan ko‘proq harbiy yordam Evropa Tinchlik Jamg‘armasi orqali keldi, bu yerda Vengriya hozirda deyarli 7 milliard yevroga to‘sqinlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:32. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!