EI Tashqi ishlar kengashi kelasi hafta Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi.
"Kelgusi haftada Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar kengashining yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu yig‘ilishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun real mablag‘larni, masalan, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini sarflashga tayyormizmi yoki yo‘qmi, Ukrainaga muzokaralardagi pozisiyasini mustahkamlashi uchun bir yil vaqt berishga tayyormizmi yoki yo‘qmi kabi muhim masalalarda qarorlar qabul qilinishi kerak", — deya aniqlik kiritdi Sikorskiy.