Evropa Ittifoqi G7’ga Rossiyadan neft narxi chegarasini bir barrel uchun 60 dollardan 50 dollargacha tushirishni taklif etmoqchi.
Ehtimoliy pasayish haqida dushanba kuni Yevropa Komissiyasining iqtisodiyot bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi.
U chegaraviy narx qanchalik o‘zgarishini aniq aytmadi. Biroq Reuters manbalariga ko‘ra, narx 10 dollarga pasayishi mumkin.
Dombrovskisning aytishicha, chegaraviy narxning pasayishi Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketiga kiritilishi mumkin.