Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

EI davlatlari Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar paketini kelishib olishni va uni 2025 yil boshida qabul qilishni rejalashtirmoqda

EI davlatlari Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar paketini kelishib olishni va uni 2025 yil boshida qabul qilishni rejalashtirmoqda

Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

"Ushbu sanksiyalar paketi loyihasi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqoni boshlangan 24 fevral ramziy sanasida qabul qilinishi uchun yanvar oyidayoq taqdim etilishi mumkin", deb yozadi agentlik manbalariga tayanib.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, sanksiyalar paketi qo‘shimcha savdo cheklovlarini, shuningdek, Rossiya qishloq xo‘jaligi tovarlariga bojlarni oshirishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Bundan tashqari, YEI alohida sanksiyalar paketi ustida ishlamoqda: u Rossiya neftini tashuvchi tankerlarga qarshi qaratilishi kutilmoqda. Yevropa Ittifoqi ushbu paketni joriy yil oxirigacha tasdiqlashga umid qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!