Evropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Prezident Donald Trampning “Evropa blogi AQShdan foydalanish uchun yaratilgan”, degan fikrini rad etdi.
– Yevropa – tinchlik loyihasi bo‘lib, YEI a’zolari orasida urush chiqmasligi uchun tuzilgan, – dedi u Trampning so‘zlariga izoh berishni so‘ragan CBS telekanali muxbiriga. – YEI Transatlantik munosabatlar uchun yaxshi loyiha. Men Amerika yetakchisining so‘zlaridan hayratdaman. AQSh ma’muriyati rahbarining bayonoti Bryussel va Vashington munosabatidagi keskinlik anchayin jiddiy ekanini anglatmoqda.
Tramp avvalroq “EI AQShdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish maqsadida tashkil qilingan” mazmunidagi fikrni bildirgan edi.