Qanotlilar ham xavfli zaharlarni tashuvchi bo‘lishi mumkin. Yaqinda kashf etilgan qushning ikki turi buni tasdiqladi.
Papua — Yangi Gvineya changalzorlarida ikkita zaharli qush turi aniqlandi. Bu qushlar avval fanga noma’lum edi, deb yozmoqda ScienceAlert nashri.
Ikkala qush ham kuchli neyrotoksin ishlab chiqaradi. Ular muskullarni karaxt holga keltirishi, yurak urishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu qushlar zaharli qo‘ng‘izlar va boshqa hasharotlarni yegandan keyin organizmida batraxotoksin degan modda to‘planadi. Zahar qushning qanotlarida bo‘ladi va yirtqichlardan hamda zararkunandalardan himoya qiladi.
Daniya tabiyat tarixi muzeyi ekolog-evolyusionist va biogeografi Knud Yonsson ta’kidlashicha, zaharli qushlarning rangi tovlanadi va ularga yaqin kelmaslikdan ogohlantiradi, tanasidagi alohida mutasiya tufayli zahri o‘zlariga ta’sir qilmaydi. Bu sifat jonivorlar olamidagi barcha zaharli jonivorlarda mavjud, ya’ni zahri o‘zlariga ta’sir qilmaydi.