Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Efiopiyada vabo epidemiyasi avj olmoqda

Efiopiyada vabo epidemiyasi avj olmoqda

O‘tgan yil mart oyidan boshlab Afrika qit’asining ba’zi mamlakatlarida vabo epidemiyasi kuzatila boshlagandi. Qisqa davrda eng ko‘p kasallanish holatlari Malavi davlatida qayd etildi. 60 mingdan ortiq bemorga mazkur xastalik tashxisi qo‘yildi.

Umuman, 2022 yil davomida 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi ro‘yxatga olindi. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko‘rsatkichlar o‘rtacha 50 foizga oshganini tasdiqlaydi.

Joriy yilda esa bu holat yanada kuchaydi. Afrikaning 14 davlatida epidemiya o‘choqlari aniqlandi.

Fevral boshida kunlik kasallanishlar soni 700 taga yetdi. O‘lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu — odatdagidan uch baravar ko‘p ko‘rsatkich. Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

Endilikda xavfli epidemiya Efiopiya shimoli-g‘arbida avj olmoqda. Kasallik hozirgacha to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bemorlar umumiy soni esa 131 nafarga yetdi. Ayni paytda kasallanish holatlari mamlakatning uchta tumanida kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida JSST dunyoning 43 mamlakatida yashovchi 1 milliarddan ortiq kishi vabo xastaligini yuqtirish xavfi ostida ekanligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 11:03 19.09.2023. O'qildi: 1357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!