Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

ECHL tarixidagi eng yaxshi o‘yinlar ma’lum bo‘ldi

A A A
ECHL tarixidagi eng yaxshi o‘yinlar ma’lum bo‘ldi

Four Four Two portali Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi o‘yinlar reytingini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni 2005 yilgi mashhur Istanbul finalida "Milan" va "Liverpul" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin egalladi. O‘shanda birinchi bo‘limdan so‘ng “rossonerilar” xotirjamlik bilan 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi, ammo ikkinchi bo‘limning olti daqiqalik davrida "qizillar" uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Yakunda "Liverpul" penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi o‘ringa 2016/2017 yilgi mavsum 1/8 finalining javob o‘yini - "Barselona" va "PSJ" bellashuvi munosib ko‘rildi. O‘shanda kataloniyaliklar safarda 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z maydonida 6:1 hisobida zafar quchgandi.

1998/1999 yilgi mavsum finali kuchli uchlikni yopadi. O‘shanda "Bavariya" erta gol urdi va g‘alabaga yaqin edi, ammo "Manchester Yunayted" 90+1 va 90+3-daqiqalarda gol urdi. “Qizil iblislar” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 08:34 10.11.2023. O'qildi: 2536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!