Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dzyudochilarimiz katta tarkibda Antaliya «katta dubulg‘a» turnirida ishtirok etishadi

Dzyudochilarimiz katta tarkibda Antaliya «katta dubulg‘a» turnirida ishtirok etishadi

31 mart – 2 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi «katta dubulg‘a» turniri bo‘lib o‘tadi.

Bu musobaqa may oyida o‘tadigan jahon chempionatidan avval so‘nggi turnir bo‘lib, ko‘plab terma jamoalar sportchilarning tayyorgarligini ko‘zdan kechirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dunyoning 85 mamlakatidan 600 nafardan ortiq dzyudochi bahs olib boradigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi. Bugun tunda jamoamizning asosiy qismi Turkiyaga yo‘l oldi. Yana bir guruh esa Tbilisidan Antaliyaga ko‘chib o‘tgan.

Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar: Dilshodbek Baratov, Bahrom Boturov (-60 kg), Abdurahim Nutfulloyev, Bobur Vadjiyev (-66 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg), Nurbek Murtazoyev, Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg), Zufarbek O‘rolov (-90 kg), Suhrob Rajabov (-100 kg), Shohruh Mamarasulov (+100 kg).

Ayollar: Halimajon Qurbonova, Fotimaxon Tursunboyeva (-48 kg), Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva (-52 kg), Nilufar Yermaganbetova, Shukurjon Aminova (-57 kg), Marjona Nurulloyeva (-63 kg), Shohista Nazarova, Xurshida Razzoqberdiyeva (-70 kg), Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg), Rinata Ilmatova (+78 kg).

Kiritildi: 07:41 30.03.2023. O'qildi: 1148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!