Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning 1-o‘rinbosariga jinoyat ishi ochilgan

DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning 1-o‘rinbosariga jinoyat ishi ochilgan

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini rasman tasdiqladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida prokuratura organlarining 2019 yilning o‘tgan besh oyi davomidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasida qatnashayotgan "Jahon.uz" manbasi ma’lum qilindi.

Bosh Prokuratura rasman, jinoyat ishi bo‘yicha DXXning sobiq 1-o‘rinbosari Jahongir Egamov, O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov va boshqalar — jami 10 ga yaqin sobiq mulozimlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan tergov davom etayotganligini tasliqladi.

Kiritildi: 10:21 15.06.2019. O'qildi: 3508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!