Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

DXX: Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

DXX: Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamg‘asi buzilganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln. so‘m zararni o‘z hamkasbi orqali bartaraf qilib berish evaziga 1600 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan AJ Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. o‘z xizmati uchun ushbu pul mablag‘idan 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyati uchun hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1983 y.t. A.S. 2021 yilning iyun oyida onlayn-auksion orqali o‘ziga va 6 nafar qarindoshiga dehqonchilik yo‘nalishida foydalanish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 2,7 gektar yer maydonini 1979 y.t. I.K. bilan til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilishib, oldindan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:12 22.11.2024. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!