Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

DXX bo‘lim boshlig‘i Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

A A A
DXX bo‘lim boshlig‘i Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Abdurasul Nosirjon o‘g‘li Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U 1990 yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.

Abdurasul Abdurahmonov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofiserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019 yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor bo‘linma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Kiritildi: 11:07 16.05.2022. O'qildi: 9648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!