Tramp Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng Ukrainada 30 kunlik sulh e’lon qilishga chaqirdi. Moskva esa hozircha javob bermadi.
"Agar o‘t ochishni to‘xtatishga rioya qilinmasa, Vashington va uning ittifoqchilari Moskvaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qiladi. Men yevropaliklar bilan birga Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga intilaman, bu mustahkam tinchlik bo‘ladi! Men yevropaliklar bilan birga Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga intilaman, bu mustahkam tinchlik bo‘ladi!", — deb yozdi Donald Tramp Truth Social platformasida.
Ukraina prezidenti Tramp bilan suhbatni “yaxshi” deb atadi va unda “tinchlik yo‘lida aniq qadamlar zarurligi” muhokama qilinganini aytdi.
"Ukraina 30 kunlik otashkesim rejimini hatto bugun boshlashga tayyor. Rossiyadan rozilik kutyapmiz. Ukraina istalgan formatda muzokaralarga tayyor. Biroq Rossiya o‘z niyatining jiddiyligini ko‘rsatishi kerak. Hozir dunyoga 80 yil avvalgidek Amerika kerak", — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Putin tomonidan G‘alaba kuni munosabati bilan e’lon qilingan otashkesim sulhi 8 may kuni soat 00:00da boshlanib, 11 may kuni soat 00:00 da yakunlanadi. Ammo Rossiya va Ukraina bir-birini sulhni buzishda ayblab kelmoqda.