Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

DW: AQSh Janubiy Afrikadan birinchi oq tanli qochqinlar guruhini qabul qildi

DW: AQSh Janubiy Afrikadan birinchi oq tanli qochqinlar guruhini qabul qildi

Donald Tramp ma’muriyati Janubiy Afrikadan kelgan oq tanli qochqinlarga Qo‘shma Shtatlarga tez fursatda moslashishlarini va’da qilmoqda. AQSh rasmiylari ularning qabul qilinishini Janubiy Afrikada oq tanli fermerlarga nisbatan sodir bo‘layotgan ehtimoliy “genosid” bilan izohlamoqda.

"Biz, zo‘ravonlikdan qochgan va bu yerga yetib kelgan ushbu odamlarga fuqarolik berdik", — deya ta’kidladi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

Mutaxassislar esa Tramp tomonidan aytilgan va o‘ta o‘ngchi doiralarda ommalashgan “oq tanlilar genosidi” to‘g‘risidagi nazariya haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlashmoqda. Janubiy Afrikada jinoyatchilik darajasi rostdan ham yuqori, bu fermerlarga ham ta’sir qiladi, ammo bu muammo barcha etnik guruhlarga taalluqli.

Joriy yilning fevral oyida Tramp ma’muriyati Janubiy Afrika Respublikasidagi oq tanlilarga nisbatan bo‘layotgan “irqiy ta’qib va zo‘ravonliklar” tufayli ularga qochqin maqomini berishini e’lon qilgan edi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar 2025 yil davomida bunday qochqinlardan 1000 nafarini qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu qaror Tramp ma’muriyatining boshqa mintaqalardan kelgan migrantlarga nisbatan keskin migrasiya siyosatiga mutlaqo zid hisoblanadi.

Kiritildi: 22:25 13.05.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!