Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsAppni Telegram-kanallarida Telegramni tanqid qilgan izohlarni sotib olishda aybladi.
Dalil sifatida u rus tilidagi kanallarning ikkita postining skrinshotlarini ilova qildi, unda uning messenjeri "firibgarliklarni tarqatish va reklama bilan aralashish"da ayblanmoqda, WhatsApp esa interfeysda reklama yo‘qligi va pullik obunalar yo‘qligi sababli yaxshi ko‘rinishda tasvirlangan.
"Raqobatchilarimiz umidsiz bo‘lib qolishdi - ular Telegram kanallarida o‘zlarini reklama qila boshlashdi. Bungacha ular asosan G‘arb matbuotida buyurtma maqolalarini chop etishardi. Bizga qarshi qaratilgan milliardlab marketing byudjetlarini innovasiyalarga sarflashsa yaxshi bo‘lardi", - deb yozadi Durov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram WhatsAppdan texnologik jihatdan bir necha yil oldinda va uning so‘zlariga ko‘ra, bu farq har oy oshib bormoqda.