Dunyoning eng boy 500 kishisining boyligi Xitoyning DeepSeek-R1 chat-boti muvaffaqiyati fonida aksiyalar qiymatining tushishi sababli $108 milliardga kamaydi, deya xabar beradi Bloomberg.
Bu eng ko‘p Nvidia rahbari Jensenga Xuangga ta’sir ko‘rsatdi, uning boyligi 20 foizga, ya’ni $20,1 milliardga qisqardi.
DeepSeek chat-boti ishlab chiqilishi Xitoy kompaniyasiga taxminan $6 millionga tushdi — bu ChatGPT ishlab chiqaruvchilari sarflagan mablag‘dan 100 barobar kam hisoblanadi.