Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi hujumchisi kim?

Dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi hujumchisi kim?

Britaniyaning mashhur FourFourTwo nashri hozirgi vaqtdagi eng yaxshi hujumchilar reytingi e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni Madridning «Real» jamoasi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. O‘tgan mavsumda u «qaymoqranglilar» safida UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi. Mbappe barcha musobaqalarda 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi.

FourFourTwo talqiniga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi 10 ta hujumchi:

1. Kilian Mbappe («Real» Madrid)
2. Harri Keyn («Bavariya»)
3. Usmon Dembele («PSJ»)
4. Aleksander Isak («Nyukasl»)
5. Erling Xoland («Manchester Siti»)
6. Robert Levandovski («Barselona»)
7. Lautaro Martines («Inter»)
8. Viktor Dyokeresh («Sporting»)
9. Omar Marmush («Manchester Siti»)
10. Xulian Alvares («Atletiko» Madrid)

Kiritildi: 09:37 18.06.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!