Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Dunyoga mashhur Islom universitetlari

A A A
Dunyoga mashhur Islom universitetlari

Chet elda o‘qishni istaydigan yoshlar uchun dunyodagi eng mashhur Islom universitetlarining ro‘yxatini tuzdik.

1. Qohiradagi Al-Azhar universiteti dunyodagi eng qadimgi oliy o‘quv yurtlaridan biridir. U fotimiylar tomonidan 970 yilda islomiy ilmlarni o‘rganish markazi sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda Al-Azhar eng nufuzli Islom universiteti va arab adabiyotini o‘rgatuvchi asosiy markaz hisoblanadi.

2. Kuala-Lumpurdagi Malayziya Xalqaro Islom universiteti Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, unga Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo sakkiz davlat homiylik qiladi.

3. Pokistondagi Islomobod Xalqaro Islom universiteti 1980 yilda tashkil etilgan. Arab tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti, Islom va g‘arbiy davlatlar huquqi, ilohiyot, xalqaro aloqalar kabi fakultetlari mavjud.

4. Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Imom Muhammad ibn Saud Islom universiteti 1953 yilda ochilgan. Universitetning asosiy yo‘nalishi Islom ilohiyoti va tillar, asosan arab tilidir. Shu bilan bir qatorda siz informatika, axborot tizimlari, iqtisodiyot va menejment, ijtimoiy fanlar, jurnalistika va tibbiyot sohalarida bilim olishingiz mumkin.

5. Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Umm al-Qura (Umm al-Qura University) universiteti 1981 yilda tashkil etilgan. Ta’lim arab va ingliz tillarida olib boriladi. Universitetda Islom iqtisodiyoti, ijtimoiy fanlar va muhandislik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi.

6. Rotterdam Islom Universiteti 1997 yilda tashkil topgan. O‘qitish flamand va ingliz tillarida olib boriladi. Asosiy yo‘nalish – Islom ilohiyoti.

7. Malappuramdagi (Hindiston) Dar-ul Xuda Islom Universiteti 1986 yilda tashkil topgan. Xorijiy tillar, gumanitar fanlar, islomiy da’vat va Islom madaniyati, shariat va til asoslari fakultetlari mavjud. O‘quv muddati davomida talabalar bu yerda yashashlari lozim. Qizig‘i shundaki, ularning o‘qish, turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlari universitet tomonidan qoplanadi.

8. Jakartadagi Indoneziya Islom universiteti 1945 yilda tashkil etilgan, u mamlakatdagi birinchi xalqaro universitet hisoblanadi. Bilim yurtida iqtisodiyot, huquq, Islom fanlari, matematika va tabiiy fanlar, psixologiya va ijtimoiy fanlar, qurilish muhandisligi hamda sanoat texnologiyalari fakultetlari mavjud. Universitet kutubxonasida 250 ming kitob bor.

9. Gana Islom universiteti 1988 yilda ochilgan bo‘lib, bu yerda menejment, aloqa va kommunikasiyalar, falsafa, Islom fanlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

10. Chittagong (Bangladesh) Xalqaro Islom universiteti 1995 yilda tashkil etilgan. Islom fanlari, ijtimoiy fanlar, chet tillari, texnologiya va muhandislik, huquq va menejment fakultetlari mavjud.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:30 06.09.2019. O'qildi: 24355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!