Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda yana bir COVID-19 tarqalishi xavfi mavjud - Pentagon

Dunyoda yana bir COVID-19 tarqalishi xavfi mavjud - Pentagon

AQSh Mudofaa vazirligi dunyoda yana bir COVID-19 tarqalish xavfi mavjud deb hisoblaydi, chunki kasallikka qarshi samarali vaksina faqat 2021 yilning yozida paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Task & Purpose nashri idoraning ichki hujjatiga asosan. RIA Novosti xabariga asosan.

"Hozir diqqatimizni o‘ta muhim missiyalarni davom ettirishga, agar keyinchalik shu yilda COVID-19ning tarqalishi yuz bersa, faoliyat ko‘lamini kengaytirish va zarur tayyorgarlikka yo‘naltirishimiz kerak", -  deyilgan Pentagon rahbari Mark Esper uchun uning yordamchisi tomonidan tayyorlangan materialda.

Nashr yozishicha, idora vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujjat allaqachon eskirgan, ammo qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, departamentdagi OAV manbasi ta’kidlashicha, ma’lumotnoma rasmiy ravishda nashr etilmagan, hali o‘zgartirilishi mumkin.

Bundan avval Donald Tramp koronavirus vaksinasini yaratish borasidagi ishlar "juda yaxshi" ketayotganini aytgandi: AQSh hukumati preparatni yil oxirida yoki undan oldin olishni kutmoqda. Qo‘shma Shtatlardagi COVID-19ga qarshi dori harbiylar tomonidan tashiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 4,6 million kishi koronavirus bilan kasallandi, 318 mingga yaqin kishi vafot etdi.

Kiritildi: 17:16 20.05.2020. O'qildi: 2925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!