Mazkur nashr ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarni tahlil qilgan holda shunday xulosaga kelgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili ruhiy tushkunlik va tashvish tufayli 12 milliard ish kuni yo‘qotiladi. Bu esa jahon iqtisodiyotiga 1 trillion dollar zarar keltiradi.
Ruhiy salomatlikning yomonlashuv tendensiyasi COVID-19 pandemiyasi bilan kuchaydi, deyiladi maqolada. Qayd etilishicha, 2020-2021 yillarda dunyoda depressiya holatlari 25 foizga oshgan. JSST odamlarning ruhiy salomatligi bugungi kunga qadar 2019 yil darajasiga qaytmaganini aytmoqda.
Deloitte tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ruhiy salomatlik muammolari biznesda, ayniqsa, moliya va sug‘urta sohasida ishlaydigan odamlar orasida keng tarqalgan.