Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Dubayda yangi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi atigi 10 kunga yetadi

Dubayda yangi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi atigi 10 kunga yetadi

Dubayda yangi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi atigi 10 kunga yetadi — Kühne+Nagel rahbari Stefan Paul.

"Eron bilan urush global logistikaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirda dunyodagi havo orqali yuk tashish quvvatining taxminan 18 foizi mavjud emas, dengiz orqali tashuvlarda ham uzilishlar kuzatilmoqda", — dedi u.

Paulning ta’kidlashicha, hozircha Yevropa davlatlari bu vaziyatdan Fors ko‘rfazi mamlakatlariga nisbatan kamroq zarar ko‘rmoqda. Biroq u yerda ham vaziyat tez yomonlashishi mumkin.

"Eng xavfli holat yangi sabzavot va mevalar ta’minotida kuzatilishi mumkin. Chunki mintaqa bu turdagi mahsulotlar bo‘yicha importga kuchli darajada bog‘liq", — deya qo‘shimcha qildi Paul.

Kiritildi: 19:19 06.03.2026. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!