Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Dronlar sabab Myunxen aeroportida yana parvozlar to‘xtatildi — BBC

Dronlar sabab Myunxen aeroportida yana parvozlar to‘xtatildi — BBC

Oxirgi bir sutka ichida ikkinchi marta Myunxen aeroportidagi ikkala uchish-qo‘nish yo‘lagi kelib chiqishi noma’lum dronlar kuzatilgani tufayli yopildi, deya xabar bermoqda nashr.

Aeroport ma’muriyati bayonotida aytilishicha, Germaniya aviasiya boshqaruvchilari dronlar aniqlangani sababli ehtiyot chorasi sifatida Myunxen aeroportidagi parvozlarni cheklagan. Parvozlar “keyingi ogohlantirish”gacha to‘xtatilgan. Bu taxminan 6,5 ming nafar yo‘lovchiga ta’sir qilgan.

Payshanba kuni kechqurun ham, Myunxen aeroporti bir necha soatga yopilgan edi, chunki hukumat yaqin atrofda dronlar parvozini qayd etgandi.

Kiritildi: 11:46 04.10.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!