Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dronlar Krasnodar o‘lkasiga uchdi

Dronlar Krasnodar o‘lkasiga uchdi

Rossiya manbalarining xabariga ko‘ra, 9 oktyabr, chorshanba kuni tong saharda Ukraina parvozchilarisiz uchish apparatlari (UAV) Rossiyaning harbiy aerodrom joylashgan Yeysk shahriga hujum qilgan.

"Eyskda ko‘plab UAV'lar. Derazalardan uzoqlashishingizni maslahat beramiz! Parchalar uchmoqda," deya xabar berdi Rossiyaning "Chegara bo‘yi" nomli monitoring telegram kanali.

Hujum oqibatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Yeysk tumanidagi portlashlar haqida mahalliy aholi ham yozmoqda.

Eysk Krasnodar o‘lkasida, Azov dengizi qirg‘og‘ida, Mariupoldan dengiz orqali taxminan 60 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda bir necha bor Ukraina dronlarining hujumiga uchragan yirik harbiy aerodrom joylashgan.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!