Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Donald Trampning energiya siyosati Yevropa kompaniyalarini xavotirga solmoqda

Donald Trampning energiya siyosati Yevropa kompaniyalarini xavotirga solmoqda

Tramp neft va gaz qazib olishni sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu esa atrof-muhit, iqlim va global iqtisodiyot uchun muhim oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bir tomondan, qazib olish hajmini oshirish energiya resurslari narxini tushirishga yordam berishi kerak. Boshqa tomondan, Germaniya iqtisodchisi Tilo Shefer Bild gazetasiga tushuntirishicha, bu AQShda «neft va gazga bo‘lgan qaramlikning kuchayishiga» olib kelishi mumkin:

«Biz ilgari gaz importiga kuchli qaramlik qanday xavf tug‘dirishini og‘riqli tarzda his qilganmiz. Biz xuddi shu xatoni takrorlamasligimiz va Tramp ma’muriyatining o‘yinchog‘iga aylanib qolmasligimiz kerak.»

Dunyo bozorlarida energiya resurslari narxi pasayishiga qaramay, Yevropada ular AQShdagi kabi arzon bo‘lmaydi. Kyoln shahridagi Germaniya iqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov (2051 ta kompaniya ishtirokida) natijasiga ko‘ra, respondentlarning uchdan biri raqobatbardoshlikning pasayishi va AQShga nisbatan yuqori xarajatlar sababli zarar ko‘rishni kutmoqda.

Dyusseldorf universiteti iqtisodchisi, professor Yens Zyudekumning fikricha, bu «Evropadagi vaziyat naqadar jiddiy ekanini» ko‘rsatadi.

«Soliqlarning pasayishi, byurokratiya va tartibga solishning kamayishi, shuningdek, energiya resurslari narxining yanada tushishi sababli AQSh investisiyalar uchun tobora jozibador joyga aylanib bormoqda. Ishlab chiqarish quvvatlarini AQShga ko‘chirish tendensiyasi, ehtimol, yanada kuchayadi va bizning sanoatimizning asta-sekin AQShga ko‘chishi yanada jiddiy tus oladi», — deya ogohlantiradi professor Zyudekum.

Kiritildi: 23:42 28.01.2025. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!