"Xitoyning jahon bozorlariga nisbatan hurmaitsizligiga javoban, men Qo‘shma Shtatlarning Xitoyga bo‘lgan tariflarini 125 foizga oshiraman, bu darhol kuchga kiradi. Umid qilamanki, yaqin kelajakda Xitoy AQSh va boshqa mamlakatlarga, qarshi harakat qilish maqbul emasligini tushunadi", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, Tramp 75 dan ortiq davlat Qo‘shma Shtatlardan savdo tariflari bo‘yicha muzokaralar olib borishni so‘raganini va bu mamlakatlarga nisbatan bojlarni kechiktirish joriy qilinganini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ham darhol kuchga kiradi va bojlarni joriy etish 90 kunga kechiktiriladi.
Avvalroq Pekin "Trampning savdo tariflariga qarshi oxirigacha kurashishini" ma’lum qilgandi. Xitoy Moliya vazirligi 10 apreldan Qo‘shma Shtatlardan import qilinadigan barcha mahsulotlarga qo‘shimcha 84 foizlik tariflar joriy etilishini e’lon qilgan edi.