Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Donald Tramp Venesuela vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges bilan ilk marta telefon orqali muloqot qildi

Donald Tramp Venesuela vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges bilan ilk marta telefon orqali muloqot qildi

Bu haqda AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Venesuelani barqarorlashtirish va tiklash jarayonida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta yutuqlarga erishyapmiz. Biz ko‘plab masalalarni, jumladan neft, foydali qazilmalar, savdo va, albatta, milliy xavfsizlik masalalarini muhokama qildik", —deb yozdi Tramp.

Shuningdek, Tramp Rodriges bilan telefon orqali muloqotni "juda yaxshi" deb atadi.

Delsi Rodriges esa suhbatda mamlakatlar o‘rtasidagi “hal etilmagan masalalar” ham muhokama qilinganini, telefon muloqoti uzoq, samarali va o‘zaro hurmat ruhida o‘tganini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!