Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Donald Tramp suiqasd qurboni bo‘lgan tarafdori Charli Kirkni "o‘z avlodining giganti" deb atadi

Donald Tramp suiqasd qurboni bo‘lgan tarafdori Charli Kirkni "o‘z avlodining giganti" deb atadi

AQSh prezidenti bu haqda Arizona shtatida bo‘lib o‘tgan Kirkni xotirlash marosimida aytdi, deya xabar bermoqda BBC.

"Bugun butun Amerika qayg‘u, shok va motam holatida. Hech birimiz Charli Kirkni hech qachon unutmaymuz va tarix ham uni unutmaydi", — dedi Tramp o‘z nutqida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Kirk "erkinlik va adolat yo‘lida kurashgani uchun radikallashgan, sovuqqon va shafqatsiz maxluq tomonidan vahshiylik bilan o‘ldirilgan".

BBC'ning xabar berishicha, Arizona shtatidagi Glendeyl shahridagi stadionda o‘tkazilgan xotira marosimiga Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatining deyarli barcha a’zolari, jumladan vise-prezident Jey Di Vens, davlat kotibi Marko Rubio va Pentagon rahbari Pit Hegset qatnashdi.

Marosimda milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning yonida ko‘rinish berdi. Translyasiya kadrlarida u Tramp bilan nimalardir haqida gaplashib, keyin qo‘l berib ko‘rishgani namoyish etildi.

Kiritildi: 17:55 22.09.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!