Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Donald Tramp Rossiyadan himoyalanish uchun sarflanayotgan mablag‘larni behuda deb hisoblamoqda

Donald Tramp Rossiyadan himoyalanish uchun sarflanayotgan mablag‘larni behuda deb hisoblamoqda

AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Rossiyadan himoyalanish uchun NATO davlatlariga berayotgan moliyaviy yordamini «bema’nilik» deb atadi. Bu haqda davlat rahbari Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasiga qo‘nganidan so‘ng matbuot vakillariga ma’lum qildi.

Bayonotdan kelib chiqishicha, Qo‘shma Shtatlarning Shimoliy Atlantika alyansini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflayotgan ulkan xarajatlari jiddiy tahlil qilinadi. Amerika lideri Vashington ittifoqchilar xavfsizligini ta’minlash uchun trillionlab dollar sarflaganini, biroq bunday strategiya unda shubha uyg‘otayotganini ta’kidladi.

«Agar o‘ylab ko‘rsangiz, biz Rossiyadan himoyalanyapmiz. Men anchadan beri buni biroz bema’nilik deb hisoblayman», — dedi Tramp.

Kiritildi: 09:52 13.04.2026. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!